← Barcha postlar

O'rnak bo'ling

Tog' manzarasi

O'rnak bo'ling

Bir inson farzand tarbiyasida eng muhim narsa, halol mehnat qilib, halol luqma yedirish ekanligini aytdi.

Buni hikmatini qidirdim, albatta bolalar uchun ota-onalari qahramon bo’lishadi.

Har bir so’z va xatti harakatlarida kattalarga, xususan ota-onalariga taqlid qilishadi.

Halol mehnat qilayotgan inson:

⁃ Yolg’on gapirmaydi

⁃ Omonatga xiyonat qilmaydi

⁃ Va’daga vafo qiladi

⁃ .....

Bu sifatlarni ko’rib o’sgan bola o’rnak olib voyaga yetadi. Unga shunday sifatlarni egallashi kerakligini ta’kidlamasangiz ham!

Agar shu sifatlarni aksiga ega bo’lsangiz-u halollikdan ertayu kech nasihat qilsangiz ham, birgina o’rnak bo’lganingiz kabi bo’la olmaydi.

Ko'proq ma'lumot uchun bu yerga boring.